20-iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.

Bugun, 20-iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi. Abiturientlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: joriy yilda 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma; 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat; o‘qishga imtiyozli […]

Read More

Bugun 17-iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasida akademik litseyda “Yoshlar -kelajak poydevori ” deb nomlangan davra suhbati o’tkazildi

Bugun 17-iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasida akademik litseyda “Yoshlar -kelajak poydevori ” deb nomlangan davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida yoshlar yetakchisi va 7-21 guruh o’quvchilari qatnashdilar. Ular e’tiboriga yoshlarimizga bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni maqsad va istaklarini yanada qo’llab quvvatlashga doir videorolik qo’yib ko’rsatildi.

Read More

#Bitiruvchilar bilan uchrashuv Bugun TATU Farg‘ona filiali qoshidagi Akademik litseyda tashkillangan tadbir ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

#Bitiruvchilar bilan uchrashuvBugun TATU Farg‘ona filiali qoshidagi Akademik litseyda tashkillangan tadbir ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.Tadbir davomida bitiruvchi yoshlarga mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim sohasida berilayotgan imkoniyatlar haqida san’atkor va ijodkorlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.Bir necha kun davomida shahrimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy kechalarni mazmunli hamda maqsadli tashkillanganligi e’tirof etildi.

Read More

TATU Farg‘ona filiali akademik litseyi o‘quvchisi Qodirov Muhammadqodir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi tanlovining 2021-2022 o‘quv yili g‘olibligini qo‘lga kiritdi

TATU Farg‘ona filiali akademik litseyi o‘quvchisi Qodirov Muhammadqodir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi tanlovining 2021-2022 o‘quv yili g‘olibligini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov tomonidan Sertifikat bilan taqdirlandi. Shuningdek Muhammadqodir chet davlatlari va O‘zbekistonning bir nechta Oliy o‘quv yurtlariga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Muhammadqodir […]

Read More